Ramos PSJning navbatdagi o'yinida ham qatnashmaydi. Unda jarohat bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos "Lens"ga qarshi Frantsiya 1-ligasining 17-turi oldidan mushaklarida og'riq his qilmoqda. Parij klubi ustozi Maurisio Pochettino ispaniyalikning bo'lajak o'yinda jamoasiga yordam bermasligini aytdi. Uning qancha vaqtda safga qaytishi no'malum.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Ramos 2021 yilning iyul oyida Parijliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. Himoyachi Frantsiya chempionatining 15-turidan o'rin olgan “Sent-Eten” bilan o'yinda (3:1) debyut qilgan.
Ispaniyalik futbolchi va klub o'rtasida shartnoma 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352