Sud: La Liga o'yinlari Ispaniyada o'tkazilishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Bir necha yil oldin La Liga Mayamida «Jirona» va «Barselona» o'rtasidagi chempionlik uchrashuvini tashkil qilmoqchi edi. Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi bunga qarshi norozilik bildirdi va sud jarayoni boshlandi.
Payshanba kuni federatsiya bu ish bo'yicha ikkinchi sudda g'alaba qozondi. Madrid viloyat sudi La Liga o'yinlari Ispaniyada o'tkazilishi kerakligi haqida qaror chiqardi. La Liga sud xarajatlarini federatsiyaga to'lashi kerak. Bu haqdagi qaror Ispaniya qirollik futbol federatsiyasining rasmiy sayti orqali xabar qilingan.
Aytish joizki, keyingi yillarda turli davlatlarning Superkubok bahslari xorijda tez-tez o'tkazilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232