Laporta: «Dembele Mbappedan kuchliroq»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«Barselona» prezidenti Joan Laporta hujumchi Usmon Dembele haqida gapirdi. Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha tuzilgan.
«Dembele bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U «Barselona»da qolmoqchi, biz ham uni saqlab qolmoqchimiz, chunki u katta futbolchi. Bunday vaziyatda futbolchining o'zi uchun eng yaxshisini xohlaydigan vakillari bilan muzokaralar olib borish talab etiladi. Men Dembelega juda ishonaman. U Mbappedan kuchliroq», - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Marca TV3 telekanali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238