Ronaldu: «Kerrik ajoyib futbolchi edi va ajoyib murabbiy bo'la oladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu murabbiy va sobiq jamoa futbolchi Maykl Kerrikning jamoani tark etishi haqida fikr bildirdi.
«Kerrik ajoyib o'yinchi va ajoyib murabbiy bo'la oladi. Bu odam uchun imkonsiz narsa yo'q. Shaxsan men u bilan birga o'ynaganimdan, qolaversa, u bizning murabbiy bo'lganidan faxrlanaman. Lekin janob Ralf Rangnik bilan salomlash vaqti keldi... Boshlaymiz!», - deb yozdi Ronaldu Instagramda.
Kerrik 2006 yildan 2018 yilgacha «Manchester Yunayted»da o'ynagan va murabbiy bo'lgunga qadar 464 uchrashuvda maydonga tushgan. U Joze Mourino va Ole-Gunnar Sulsherning yordamchisi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229