“Milan” “Barsa” sobiq futbolchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

“Milan” himoyachisi Sinon Ker jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Shu munosabat bilan “rossonerilar” rahbariyati daniyalik futbolchi o'rniga o'rinbosar topish uchun transfer bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
“Todofichajes” nashri xabariga ko'ra, oldin Kataloniyaning “Barselona” jamoasida o'ynagan kolumbiyalik Yerri Mina Italiya grandining skautlari tomonidan nishonga olingan. 2018 yildan shu kungacha himoyachi “Everton” safida Angliya chempionatida to'p surmoqda.
Tomonlar transfer bo'yicha dastlabki muzokaralarni olib borishgan. Milan klubi Minaning ijara shartnomasini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan rasmiylashtirmoqchi.
27 yoshli kolumbiyalik futbolchi Premer-liganing joriy mavsumida oltita o'yin o'tkazgan.

Bosh sahifaga
249