VAR hakamlarini tayyorlaydigan maxsus seminar bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

O'FAda VAR hakamlarini tayyorlaydigan maxsus seminar tashkil etildi. Guruh tarkibida o'zbekistonlik mutaxassislardan tashqari Qozog'iston va Qirg'iziston vakillari ham ishtirok etmoqda.
O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov dastlabki darslarda qatnashdi va o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
“VAR tizimini mamlakatimizda joriy qilishni boshlagan paytlarimiz ko'pchilikda bu tizimga ehtiyoj bormi, qabilidagi savollar paydo bo'ldi. Lekin yakunda ko'rdikki, mazkur tizimni joriy qilish orqali bir nechta o'yinlarda adolatning qaror topishiga erishdik, bir qator bahsli vaziyatlarga echim topa oldik. Shu sababli milliy chempionatimizning so'nggi turlari ham intrigaga boy bo'ldi. Umuman olganda, bu tizim o'zini oqladi. Biroq bu bilan to'xtab qolmaymiz, hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlarining malaka va salohiyatini oshirishda davom etamiz. Rejaga ko'ra, 3-VARni ham ishga tushirish bo'yicha ishlamoqdamiz” dedi Ravshan Ermatov.
Ma'lumot uchun, mazkur kurslarda Farhod Abdullaev bosh instruktor, Vladislav Tseytlin va Valentin Kovalenko yordamchilik vazifasini bajarishmoqda. Darslar 5-dekabrga qadar davom etadi.
Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Bosh sahifaga
249