Ferran Torres “Barsa” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Ispaniyalik yarimhimoyachi Ferran Torres “Manchester Siti”dan Kataloniyaning “Barselona” klubiga o'tayotgan ko'rinadi. Insayder Nikolo Skiraning yozishicha, 21 yoshli vinger “ko'k-anorranglilar” bilan uzoq muddatli shartnomaga kelishib olgan.
Ferran tez orada 2026 yilgacha davom etadigan shartnomasini imzolaydi. Transfer yanvar oyida amalga oshiriladi. Bitim summasi 50 million evroga baholanmoqda.
Torres o'tgan yozda ingliz grandiga kelib qo'shilgandi, lekin birinchi tarkib ajralmas futbolchiga aylana olmadi. Hozirgi Angliya Premer-ligasida ispaniyalik futbolchi 4 ta uchrashuvda ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247