“Bavariya” va “Chelsi” o'zaro futbolchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

So'nggi paytlarda matbuotda polshalik hujumchi Robert Levandovskining “Bavariya”dan ketishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlar qizg'in muhokama qilinmoqda. “Football.London” nashrining ta'kidlashicha, 33 yoshli to'purarni Tumanli Albionga o'tish varianti ko'rib chiqilmoqda.
Gazeta xabariga ko'ra, futbolchini Londonning “Chelsi” jamoasi o'z safiga qo'shib olmoqchi. “Aristokratlar” “Bavariya” bilan hujumchi almashishga tayyor. Levandovski “Stemford Bridj”ga boradi, avvalroq myunxenliklar qiziqish bildirgan Timo Verner esa Germaniyaga qaytadi.
Avvalroq Robertning “Real Madrid”ga o'tish niyati borligi haqida ham xabar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253