“Atletiko” Oblak bilan shartnoma uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Madridning “Atletiko” klubi rahbarlari darvozabon Yan Oblak vakillari bilan muzokaralarni boshladi. Ispaniya top-klubi sloveniyalik futbolchi bilan yangi shartnoma tuzmoqchi, deb xabar bermoqda “Marca” nashri.
Oblak o'z pozitsiyasida eng yaxshi o'yinchilardan biri hisoblanadi, shuning uchun “matraschilar” uning ketishiga yo'l qo'ymoqchi emaslar. Klub Yanga foydali va uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, darvozabonning bozor narxi 70 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248