Messining Barselonadagi mehmonxonasi buzilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Argentina terma jamoasi va "PSJ" klubi hujumchisi Lionel Messiga Barselona shahridagi narxi 26 million evro turadigan mehmonxonani buzish kerakligi haqida topshiriq berildi. Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 77ta nomerdan iborat ushbu otel shahar standartlariga mos kelmaydi. To'rt yulduzli "MiM Sitges" mehmonxonasi Messi "Barselona"dagi faoliyati davomida yashagan uyga yaqin joyda joylashgan.
Hozirda mehmonxonani buzish bo'yicha sud qarori chiqishi kutilmoqda. Futbolchining o'zi esa otelning buzilishi haqidagi xabarni jurnalistlardan eshitgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293