APL. "Tottenxem" ketma-ket ikkinchi g'alabasiga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Tottenxem" Angliya chempionatining 14-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Brentford"ni mag'lub etdi – 2:0. London klubi o'zining ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Sergi Kanos kiritgan avtogol evaziga hisob ochildi. Tanaffusdan so'ng Son Xiin Min "arilar" darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi. Yakuniy hisob – 2:0.
APL, 14-tur
"Tottenxem" – "Brentford" – 2:0
Gollar
Kanos, 12 - o'z darvozasiga (1:0). Son Xiin Min, 65 (2:0)
Tottenxem Xotspur – Loris, Regilon, Sanches, Emerson Royal (Tanganga, 84), Dayer, Devis, Xeyberg, Skipp, Son Xiin Min (Bergvayn, 87), Keyn, Lukas Moura (Uinks, 77)
Brentford – Fernandes, Xenri, Gud, Pinnok, Yansson, Nergor, Oneka (Baptist, 56), Yanelt (Yensen, 70), Kanos (Vissa, 70), Toni, Mbeumo
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
253