"Fiorentina" Frantsiyadan futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93
"Lill" yarim himoyachisi Jonatan Ikone tez orada "Fiorentina" futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida.
Ma'lumotlarga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Italiyaliklar 23 yoshli futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor. Shartnomada yarim himoyachining keyingi sotuvidan tushadigan foiz ham ko'rsatiladi. Frantsiyalik futbolchi yanvar oyida "binafsharanglilar" safiga borib qo'shiladi.
Joriy mavsumda Ikone Frantsiya chempionatining 16 o'yinida 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narhini 25 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!