Shomurodovning jamoadoshi qisqa muddatga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
«Roma» hujumchisi Stefan El-Shaaravi jarohati sababli yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
U A Seriya doirasidagi «Bolonya»ga qarshi o'yinda boldir suyagini shikastlab olgan. Calciomercato portalining xabariga ko'ra, italiyalik futbolchi 3-4 hafta maydonga tusha olmaydi.
E'tiborlisi, xuddi shunga o'xshash tiklanish jarayonini rimliklar sardori Lorentso Pellegrini ham o'taydi.
Ma'lumot uchun, ayni dam «Roma» Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi pog'onada bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!