«Fiorentina» prezidenti Vlaxovichning ehtimoliy transferiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Florentsiyaning «Fiorentina» klubi prezidenti Rokko Kommisso serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovichni Turinning «Yuventus» klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Yuventus» qishda Vlaxovichni sotib oladimi yoki yo'q, bilmayman, lekin aytmoqchimanki, unga bo'lgan huquqlar ayni dam «Fiorentina»ga tegishli.
Shuning uchun «Yuventus» agentlar bilan emas, klub bilan muzokara olib borishi kerak», - deydi Kommisso.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum 21 yoshli Vlaxovich «Fiorentina» safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220