Koul: «Yangi rahbariyat bu erga shunchaki sayohat uchun kelmagan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

«Chelsi» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul «Nyukasl» haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Jo «Nyukasl» qishki transferlar bozorida faol ishtirok etishiga ishonadi:
«Jamoa yanvar oyida 200-300 million funt sarflamoqchi. Yangi rahbariyat bu erga shunchaki sayohat uchun kelishmagan.
Bu APL tarixidagi eng boy sarmoyadorlar va menimcha, ular yanvar oyida pullarini ayashmaydi. O'ylaymanki, 4-5 nafar futbolchi sotib olish rejada bor. Jamoa kamida bitta o'yinda g'alaba qozonishi bilanoq ular uchun vaziyat yaxshilana boshlaydi.
Men bunga ishonaman. Bu, ayniqsa turnirning hozirgi holatini hisobga olsak, yaqqol ko'rinib turibdi», deydi Koul.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203