Laporta Dembele bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Usmon Dembele bilan shartnomasini uzaytirish borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.
“Klub tomonidan bu jarayon biz xohlaganimizdan sekinroq ketmoqda, lekin biz buning ustida ishlayapmiz, jangovar ruhni saqlab qolamiz. Bu juda muhim, agar shartnomani uzaytira olsak, u jamoaning asosiy o'yinchisiga aylanishi mumkin", - dedi Laporta "Cope" nashriga.
Avvalroq, 24 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Nyukasl" qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
2021/22 yilgi mavsumda Dembele "Barselona"ning 3 ta o'yinida qatnashdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Futbolchining shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202