Anchelotti: “Real” muammoga duch kelganda taslim bo'ladigan jamoalardan emas”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Ispaniya chempionati doirasidagi “Atletik”ga qarshi o'yindan so'ng “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z futbolchilarini ko'rsatgan o'yini uchun maqtadi. Murabbiy bu uchrashuvni jismoniy muammolar tufayli nihoyatda qiyin kechdi deb atadi.
“Raqib juda yaxshi o'ynashdi, ular 90 daqiqa davomida shiddatlilikni saqlab qolishdi. Yakunda bizga oson bo'lmadi. Chidamlilik ustida ishlashimiz kerak, futbolchilar hal qiluvchi pallada juda charchab qolishdi. Ammo, ikkinchi tomondan, ular o'zlarining jangovar fazilatlarini ko'rsatishdi. “Real Madrid” muammoga duch kelganda taslim bo'ladigan jamoalardan emas”, - dedi Anchelotti o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203