“Bavariya” tarixidagi eng qimmat 10 transfer
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247

Ko'plab jamoalar borki, juda katta pul evaziga futbolchi sotib oladi va klubni shu orqali kuchaytirishga intiladi. Yana bir xili esa kichik summa evaziga futbolchi sotib oladi va ajoyib natijalar ko'rsatadi. Shunday klublardan biri – “Bavariya”. “Stadion.uz” nashri Myunxen klubi tarixini o'rganib chiqdi va “nemis mashinasi”ning TOP-10 eng qimmat transferlarini e'tiboringizga havola etishga qaror qildi.
10. “Shalke”dan Manuel Noyer, 30 million evro

Manuel Noyer o'zi uchun to'langan pulni to'liq oqladi. 2011 yil iyul oyi boshida “Bavariya” Gelzenkirxenning “Shalke” klubining istiqbolli darvozabonini 30 million evro evaziga sotib oldi. Noyer tezda jamoaning asosiy o'yinchisiga aylandi va darvoza chizig'ida shunchaki ajoyib o'yin namoyish qila boshladi. Nemis darvozaboni “Bavariya” safida 400dan ko'proq o'yinda maydonga tushgan.
9. Mario Gomes “Shtutgart”dan, 30 million evro

Mario Gomes o'zining to'rt yilini myunxenliklar jamoasiga berdi. Hujumchi 2009 yilda “Shtutgart”dan ko'chib o'tgan, uning uchun 30 million evro to'langan. “Bavariya”dagi to'rt yillik faoliyati davomida Gomes 113 ta o'yin o'tkazib, 75ta gol va 26 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2013 yilda “Bavariya” Mario Gomesni “Fiorentina”ga 15 million evroga sotgandi.
8. Renatu Sanches, “Benfika”dan, 35 million evro

“Bavariya” tarixidagi eng omadsiz transferlardan biri bu Renatu Sanchesdir. Evro-2016 “Oltin bola”si 16 yoshida 35 million evro evaziga “Bavariya”ga o'tdi. Kuchli nemis futbolida portugaliyalik tezda yo'qolib qoldi va bir yildan keyin “Bavariya” uni ijaraga berdi. Keyingi mavsumda Renatu qaytdi, ammo u avvalgi darajaga chiqa olmadi. Keyinchalik nemis klubi uni “Lill” jamoasiga sotib yubordi.
7. Mats Xummels “Borussiya D”, 35 million evro

Mats Xummelsning transferi bilan bog'liq qiziqarli voqea bor. Xummels “Bavariya” tarbiyalanuvchisi, ammo 2009 yilda u 5 million evro evaziga “Borussiya Dortmund”ga o'tdi. Dortmundda Xummels Germaniyaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanib, ko'plab grandlar e'tiboriga tushdi. “Bavariya” uzoq vaqt davomida Matsni ortga qaytarishga urinib ko'rdi va 2016 yilning yozida tomonlar 35 million evroga kelishib oldilar.
6. Benjamin Pavar, “Shtutgart”, 35 million evro

Benjamin Pavarning e'lon qilingan transferi “Bavariya”ga 35 million evroga tushdi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv bundan ham oldinroq bo'lgan edi, biroq 2020 yilga kelibgin bu rasman e'lon qilindi. Shartnoma shu 2024 yilning yoziga qadar hisoblab amal qiladi. Eslatib o'tamiz, Benjamin Pavar “Shtutgart” tarixidagi eng qimmat sotuvga aylangan.
5. “Borussiya D” Mario Gyottse, 37 million evro
Beshinchi o'rinda “oltin bola” Mario Gyottsening transferi joy oldi. Yarimhimoyachi Dortmundning “Borussiya”sidan “Bavariya”ga 37 million evro evaziga o'tgan edi. Gyottse tezda o'sishni boshladi va 2014 yilda transfer qiymatining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi - 55 million evro. Biroq ishlar bundan keyin yurishmadi, Mario asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va 2016 yilda 22 million evro evaziga “Borussiya”ga qaytdi. Bu transferda Myunxen klubi 15 million evro yo'qotdi.
4. Arturo Vidal, “Yuventus”, 37,50 million evro

Arturo Vidal “Bavariya” tarixidagi eng qimmat to'rtinchi futbolchi hisoblanadi. Chililik o'zining eng yuqori cho'qqisida “Yuventus”dan “Bavariya”ga o'tdi va tezda asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi, transfer summasi 37,50 million evroni tashkil qildi. 124 uchrashuvda Arturo 22 gol urdi va 18 golga assistentlik qilgan.
3. Xavi Martines “Atletik B”, 40 million evro

Uchinchi o'rindan ispaniyalik himoyachi Xavi Martinesning transferi joy oldi. 2012 yilda o'sha paytdagi umidli ispaniyalikning transferi “myunxenliklar”ga 40 million evroga tushgandi. “Bavariya” rahbariyatiga achinishning hojati yo'q edi, Martines 9 yil mobaynida, nemis grandi sharafini himoya qildi. Xavi Martines klub bilan 20 ga yaqin sovrin yutgan
2.Korentin Tolisso “Lion”, 41,50 mln evro

Tushunganingizdek, «Bavariya» badavlat klub, ammo futbolchilarni sotib olishga kosmik mablag' sarflamaydi. Tarixdagi eng qimmat ikkinchi transfer myunxenliklar uchun 41,50 million evroga tushgan. 2017 yilda “Lion”ning markaziy yarim himoyachisi Korentin Tolisso Myunxenga ko'chib o'tdi. O'zining debyut mavsumida Tolisso asosiy tarkib futbolchisi edi, ammo joriy mavsum boshida u jamoadagi o'rnini yo'qotgan va katta ehtimol bilan qishda nemislar safini tark etadi.
1. Dayo Upomekano “Leyptsig” 43 million evro
Dayo Upamekano joriy yilning 1 iyul kuni “Bavariya” futbolchisiga aylanadi. Myunxen klubi yigirma ikki yoshli markaziy himoyachini chempionatdagi asosiy raqibi “Leyptsig”dan 43 million evro evaziga sotib oldi . Upamekano shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Manba: stadion.uz

Bosh sahifaga
191