Ibrahimovich o'zi haqidagi yangi kitobini taqdim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Adrenalina» nomli kitobini taqdim etdi. 40 yoshli shvedning so'zlariga ko'ra, unda u o'zini boshqa tomondan namoyon qiladi.
«Men 40 yoshdaman, ikki farzandim bor, ularni bola deb atash mumkin emas. Ular allaqachon katta bo'lib qolishdi. Agar hamma Ibragimovichni shunchaki futbolchi, deb bilsa ular adashadi. Bu kitobning ma'nosidir», — deb yozdi Ibrahimovich Twitter'da.
40 yoshli shvedning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. U joriy mavsumda 12 o'yinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190