«Zenit» bir shart evaziga Azmunni qo'yib yuborishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

«Lion» rahbariyati Sankt-Peterburgning «Zenit» klubining 26 yoshli hujumchisi Serdar Azmunga qiziqishda davom etmoqda, deb xabar beradi «Lequotidiendusport».
Manbaga ko'ra, «Zenit» o'z futbolchisini bir shart evaziga keyingi qishki transfer oynasida qo'yib yuborishga tayyor. Qayd etilishicha, peterburgliklar hujumchini mavsum oxirigacha ijarada saqlab qolmoqchi.
Qayd etish joizki, Azmun nafaqat «Lion», balki «Bayer»ning «radari»ga tushgan.
Serdarning «Zenit» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, hujumchi esa 25 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188