“Milan” futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko'ra, “Milan” futbolchisi Simon Ker “Jenoa”ga qarshi bahda jarohat olgan. Bugun daniyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Manbaga ko'ra, so'rovning aniq natijasi qanday bo'lishidan qat'i nazar, Ker Chempionlar ligasining 6-turi doirasida bo'lib o'tadigan “Milan” – “Liverpul” o'yinini, shuningdek, A seriya doirasida “Salernitana”, “Udineze” va “Napoli”ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.
Kerga tizza bo'g'imlari jarohati tashxisi qo'yilgan. Keyinchalik aniqroq tashxis natijalari ma'lum bo'ladi. Manbaga ko'ra, futbolchining uzoq muddatga safdan chiqishi ehtimoli bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267