MYu futbolchisi jamoadanketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

Hujumkor yarimhimoyachi Xuan Mata qishki transfer oynasi uchun “Manchester Yunayted”ni tark etishga yaqin turibdi. 33 yoshli vingerning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi tugayapti, shu bois u faoliyatini davom ettirishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda.
“Todofichajes” nashri fikricha, Mata Tumanli Albionda qolishi mumkin. Unga APL autsayderi “Nyukasl” qiziqish bildirmoqda. Xuanning o'z vatanida ishga kirish imkoniyati ham bor. “Real Sosedad” yarimhimoyachini o'z safiga taklif qilmoqchi. Unga “Fenerbaxche” qiziqish bildirayotgan Turkiya ispaniyalikning karerasi uchun yana bir vektorga aylanishi mumkin.
Mata “Manchester Yunayted”da 2014 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Premer-liganing joriy mavsumida ispaniyalik futbolchi maydonga tushmadi.

Bosh sahifaga
256