Mataga 3 klubdan takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Hujumkor yarim himoyachi Xuan Mata qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni tark etishga yaqin turibdi. 33 yoshli vingerning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi tugayapti, shu bois u faoliyatini davom ettirishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Todofichajes nashri xabar berishicha, Mata Tumanli Albionda qolishi mumkin. Unga APL autsayderi «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Xuanning o'z vataniga qaytish imkoniyati ham mavjud. «Real Sosedad» yarim himoyachini o'z safiga taklif qilmoqchi. Unga «Fenerbaxche» qiziqish bildirayotgani ispaniyalikning karerasi uchun yana bir yo'nalishga aylanishi mumkin.
Mata «Manchester Yunayted»da 2014 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Premer-liganing joriy mavsumida ispaniyalik futbolchi maydonga tushmadi.

Bosh sahifaga
243