Ronaldu Turin prokuraturasi tomonidan so'roq qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

Turin prokuraturasi avvalroq “Yuventus”da o'ynagan “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni so'roq qilishni rejalashtirmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, portugaliyalik Italiya klubi bilan yolg'on moliyaviy hisobotlari mavjudligi tufayli tergov qilinishi mumkin.
Telefon suhbatlarida "Yuventus" rahbarlari ko'pchilikning xabari yo'q bo'lgan shartnoma haqida gapirgan. Oldinroq Ronaldu karantin vaqtida «Yuventus»dan qo'shimcha pul olgan bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Prokuror portugaliyalikning klub bilan hamkorligi tafsilotlarini bilmoqchi. Shu tufayli Ronaldu so'roq qilinishi mumkin.
Manba: www.sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268