Ibragimovich “Milan” bilan shartnoma uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

“Milan”ning 40 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovich kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi. Faxriy futbolchi “rossonerilar” lagerida qolishga tayyor.
“Murabbiyimiz Stefano Pioli uchun juda xursandman. U yangi shartnoma imzoladi. Agar Pioli shartnomani yangilagan bo'lsa, men ham uni uzaytiraman”, - dedi Ibragimovich.
Eslatib o'tamiz, “Milan” 26 noyabr kuni Stefano Pioli bilan hamkorlikni uzaytirishini e'lon qilgandi. Mutaxassisning yangi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226