Xans-Yoaxim Vattske: “Xoland haqida gapirishga erta”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Dortmundning “Borussiya” klubi direktorlar kengashi rahbari Xans-Yoaxim Vattske hujumchi Erling Xolandning kelajagi haqida gapirdi. Norvegiyalik futbolchiga transfer bozorida talab yuqori.
“Biz Xolandni jamoada saqlab qolamizmi? Bu haqda gapirishga hali erta. Biz muzokaralar olib bormoqdamiz, keraksiz shov-shuvlarsiz tarqatishni keragi yo'q.
Albatta, biz Xolandni imkon qadar biz bilan qolishini istaymiz. Taxminlarga ko'ra, Erlingga “Borussiya”da o'ynash qulay. Agar vaziyat boshqacha bo'lsa, biz buni qabul qilamiz”, - dedi Vattske.
Xolandga “Bavariya”, “Real Madrid”, “Barselona”, “PSJ”, “Man Siti”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kabi jamoalar da'vogarlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229