Mourino: “Yigitlarimni olqishlayman”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino A seriyada “Bolonya”ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi. “Bo'rilar” Sinisa Mixaylovich shogirdlariga yutqazib (0:1) o'z muxlislarini ranjitdi.
“Men Mixaylovich va uning jamoasini ushbu g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Lekin futbolchilarimni ham olqishlashim kerak. Hamma yigitlar bor kuchlarini berishdi. Bizda jismoniy muammolarga qaramay o'ynagan bir qancha futbolchilar bor edi.
Men o'z jamoam bilan faxrlanaman. “Bolonya” bilan o'yindan keyin salbiy his-tuyg'ularni his qilmayapman”, - dedi Mourino.
Qo'shimcha qilamizki, 4 dekabr kuni “Roma” Joze Mourinoning sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Rimliklar o'z maydonida “Inter”ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231