“Manchester Yunayted”ning ilk transferi Germaniya chempionati vakili bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

“Manchester Yunayted” yanvar oyidagi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. “Sportbild” nashri jurnalistlari xabariga ko'ra, hozirda Germaniya Bundesligasida “Leyptsig”da to'p surayotgan futbolchi Nordi Mukiele mankunianliklar qiziqishlari doirasiga tushgan.
Manbaning qayd etishicha, “qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik frantsiyalik futbolchini sotib olishdan manfaatdor. Mutaxassis uzoq vaqtdan beri Mukielening o'yinlarini kuzatib borgan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Nordining narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq OAVda Mukielga “Real” ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270