Maksim Shatskix: «Chempionlar ligasida keraksiz o'yinlar bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Kievning "Dinamo" klubi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida bo'lib o'tadigan "Benfika"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
— "Dinamo" klubi "Benfika"ga qarshi o'yinga ruhiy jihatdan chog'lana oladimi?
— "Dinamo" bunday o'yinga nisbatan ishtiyoq bilan yondoshmasligi mumkinmi? Unda bunday raqiblarga qarshi o'ynashdan ma'no bormi? Bu bahs nimanidir hal etadimi yoki yo'qmi, nima farqi bor? Axir klub va har bir futbolchining obro'si bor. Kurashish kerak. Klub, mamlakat va shaxsan o'zing uchun kurashib, o'z darajangni namoyish etishing kerak. Chempionlar ligasida keraksiz o'yinlar bo'lmaydi.
Har bir uchrashuv — bu tajriba va o'z kuchini sinab ko'rish uchun, Evropaning nomdor klublari senga e'tibor qartishlari uchun imkoniyat. Boshqacha bo'lishi mumkin emas! Mana "Bavariya"ni olib qarasak. Ularga "Barselona"ga qarshi o'yin nima uchun kerak? Ammo, ishoning, ular kataloniyaliklarga qarshi bahsda muhim o'yinga chiqqandek harakat qilishadi. Ular mag'lub bo'lishadimi yoki 2:0 hisobida oldinda borishadimi, farqi yo'q, myunxenliklar faqat hujum qilishadi. "Bavariya"ning mentaliteti shunday. Ular boshqacha o'ynay olishmaydi. "Bavariya"ga g'alaba uchun beriladigan 3 million evro hech narsani anglatmasligi mumkin, ammo "Dinamo" uchun bu pullar juda muhim. Ammo pul uchun kurashish ikkinchi planda bo'lishi kerak. Klub va o'z obro'si uchun jang qilish lozim. "Minay" va "Bavariya" bo'ladimi, kim bilan o'ynashingning ahamiyati yo'q", - dedi Shatskix.

Bosh sahifaga
270