Benites “Everton”dan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites “Everton” bosh murabbiyi lavozimidan bo'shatilishi mumkin. Angliya chempionatining so'nggi o'yinida “irislar” “Liverpul”ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Benites qo'l ostida “Everton” ketma-ket sakkizta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa ikkita durang va oltita mag'lubiyat qayd etgan. So'nggi g'alaba 25 sentyabrda “Norvich”ni mag'lubiyatga uchratgan (2: 0) holda qo'lga kiritgandi.
Yaqin kunlarda klub rahbariyati yig'ilish o'tkazib, unda bosh murabbiy taqdiri hal bo'ladi.
Ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum boshlanishi arafasida “Everton”ni qabul qilib, 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290