«Barselona» rahbariyati Dembele bilan shartnoma uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Kataloniyaning «Barselona» klubi frantsiyalik vinger Usmon Dembele bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda «ko'k-anorranglilar» vakili Ferran Reverter ma'lum qildi.
«Bizda bu futbolchi bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati bor. Biroq, bu kutilganidan ko'proq vaqt talab qilishi mumkin. Hozircha vaziyat quyidagicha. Klub ishlamoqda», - deya xabar beradi kataloniyaliklar ijrochi direktori.
Oldinroq «Barselona» Dembelega ultimatum qo'ygani xabar qilingandi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290