Ibrahimovich A seriyadagi rekordni takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

1 dekabr, chorshanba kuni Italiya chempionatining 15-turi doirasida bo'lib o'tgan «Jenoa» — «Milan» bahsida "rossoneri" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Milanliklar hujumchisi Zlatan Ibrahimovich uchrashuvning 10-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. 40 yoshli futbolchi jarima zarbasi orqali raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Shvetsiyalik o'yinchi uchun mazkur gol 38 yoshga to'lganidan so'ng A seriya doirasida 31-gol bo'ldi. Shu tariqa, u «Novara» klubi sobiq forvardi Silvio Piolaga tegishli rekordni takrorladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278