"Atalanta" va nihoyat uzoq kutgan futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Atalanta" "Sassuolo" hujumchisi Jeremi Boga transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga bergan ma'lumotlarga ko'ra, bergamoliklar 24 yoshli ivuarlik futbolchi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan. Qayd etilishicha, endilikda "Atalanta" futbolchining transferi borasida klubning o'zi bilan kelishib olishi kerak. Oldinroq "Sassuolo" 20 million evro evaziga hujumchi bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsum Boga "Sassuolo" tarkibida 8 o'yinda maydonga tushib, 3 gol kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266