"Liverpul" afsonasi "MYu" rahbariyatini murabbiy borasida qilgan tanlovini keskin tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Sobiq "Liverpul" futbolchisi Grem Suness "MYu"ga Ralf Rangnikni kelishi haqida fikr bildirdi. U bu jarayonni tanqid ostiga olgan ilk insonlardan biri bo'ldi:
"Bu Fergyusondan keyin "MYu"ga kelayotgan uchinchi vaqtinchalik murabbiy. Men buni tushuna olmayapman. Rangnikning ish faoliyati hayratlanarli darajada emas. U o'tmishda muvaffaqiyatli murabbiy bo'lmagan ham. Menimcha, u bir marta sovrin yutgan, xolos. Uning talanti bor, bu to'g'ri. Uning ish uslubi boshqacha. U futbol klubini strukturaviy jihatdan rivojlantiradi. Bunga esa 5 yildan 10 yilgacha vaqt kerak. Bunday ish "MYu" uchun yaramaydi. Jamoa tezkorlik bilan o'nglanishga muhtoj bo'lib turibdi. O'ylashimcha, bu jamoaga tezda ijobiy ta'sir ko'rsata oladigan boshqa bir mutaxassis kerak edi".
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
265