"Tottenxem" himoyachisinining jarohati jiddiy
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Tottenxem" jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte klub himoyachisi Kristian Romeroning jarohati jiddiyligi haqida gapirib o'tdi.
"Jarohat jiddiy va achinarli, chunki u biz uchun muhim o'yinchi... Unga yana o'ynashni boshlash uchun ko'proq vaqt kerak. Bir narsa aniq, 2021 yilda Romero boshqa o'ynamaydi. Balki u 2022 yilning yanvar yoki fevralida qaytishi mumkin, aniq bilmayman", - dedi Konte "Football Daily" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Romero JCh-2022 saralashi doirasidagi Argentina – Braziliya (0:0) uchrashuvida jarohat olgan edi. Futbolchiga chap son jarohati tashxisi qo'yilgan.
Joriy 2021/2022 yilgi mavsumda Kristian APLda 7 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270