"Barselona" Koutinoni ikki Manchester klubiga taklif qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"Barselona" braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoni "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"ga taklif qildi, biroq ingliz klublari bunga rad javobini berishdi, deya xabar beradi "Diario Sport" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi braziliyalik futbolchidan Ferran Torres va Raxim Sterling (ikkalasi "Manchester Siti") yoki Antoni Marsyal va Edinson Kavani (ikkisi ham "Manchester Yunayted") transferlarida foydalanmoqchi bo'lgan.
29 yoshli Koutino joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270