Kanchelskis bo'lgan voqeaga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

«Navbahor» klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'ziga nisbatan tahdid qilinganini va bu masalada politsiyaga murojaat qilganini tasdiqladi.
«Biz haqiqatan ham politsiyaga ariza yozdik. Bu ma'lumot OAVga qanday tushib qolgani men uchun qiziq. Bizning organlarimiz qanday ishlashi tushunarsiz. G'alati tashkilot.
Barcha tahdidlar FIFA va UEFAga yuboriladi. Bu ish bilan jiddiy shug'ullanish kerak. Hozircha ushbu xabar OAVda e'lon qilingani haqida kutilmagan ma'lumot oldik, ammo politsiya hech qanday reaktsiya bildirmadi. Tez orada qandaydir ma'lumotga ega bo'lamiz, degan umiddaman. Ushbu insonlar topilishini va ularga nisbatan qonun doirasida ish ko'rilishini istayman.
Bunday holatga ilk marta duch kelyapman. Nima uchun bunday tahdidlarga uchrayotganimni bilmayman. Axir biz qonuniy ish ko'rayotgandik. Go'yoki taraqqiy etgan dunyoda yashayapmiz, ishlar bunday hal qilinmaydi. Aybim nima ekanini tushunmayapman. FIFA mening foydamga 1,6 mln evro to'lanishi haqida qaror chiqarganimi? Bu ishda men emas, ular g'alaba qozonishganida nima bo'lardi? To'g'ri, hech narsa.
O'sha suhbatdan keyin meni boshqa ta'qib qilishmadi. Yoqimsiz vaziyat. Qo'rquv bormi? Albatta. Endi uyda berkinib o'tirishimiz kerakmi? Yaxshi yashayapmiz, ishlayapmiz. Barchasi reja asosida ketyapti. Yana shunday holat yuz bersa, yana huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilamiz», — dedi Kanchelskis Sport24 muxbiri bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
262