Rasman: «MYu» - «Yang Boyz» o'yini betaraf maydonga ko'chirilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Evropa chempionlar ligasi "E" guruhining 6-turidan o'rin olgan «Manchester Yunayted» va «Yang Boyz» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv betaraf maydonga ko'chirilmaydigan bo'ldi.
Shveytsariya klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, hukumat "Yang Boyz"ga EChL va o'smirlar o'rtasidagi Chempionlar ligasi o'yinlari uchun Britaniyaga hech bir cheklovlarsiz borib kelishga ruxsat bergan. Shu bois, jamoa futbolchilari va murabbiylari Angliyadan qaytishganidan so'ng majburiy karantinda o'tirmaydigan bo'lishdi.
«Manchester Yunayted» va «Yang Boyz» klublari o'rtasidagi bahs 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261