«Arsenal» futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

«Arsenal» hujumchisi Eddi Nketia klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Sky Sports.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli ingliz futbolchisi «kanonirlar»ning taklifini moliyaviy sabab emas, balki o'yin amaliyotiga kafolat yo'qligi sababli rad etgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi, yanvardan boshlab u boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin bo'ladi.
2021/22 yilgi mavsumda Nketia «Arsenal»ning 2 ta o'yinida qatnashib, o'z hisobiga 2 ta gol yozib qo'ygan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 12 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249