Rangnik Bundesliga yulduzini ko'zlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Holandni jamoada ko'rmoqchi.
Nemis mutaxassisi norvegiyalikni ingliz klubiga olib kelishga harakat qiladi, deb xabar beradi Bild jurnalisti Kristian Falk.
Rangnik avvalroq Zaltsburgga Holand bilan shartnoma imzolashga yordam bergandi. Murabbiy 21 yoshli futbolchining otasi va matbuot kotibi Alf-Inge Holand bilan ham yaqindan tanish.
Bundesliganing joriy mavsumida 7 ta o'yinda hujumchi 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300