“France Football” bosh muharriri: “Men Levandovskiga ovoz berdim. Ammo...”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262

29 noyabr, dushanba kuni Parijda “Oltin to'p”ni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi ettinchi marta nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi.
Ovoz berish natijalari haqida “France Football” jurnali bosh muharriri Paskal Ferre o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Saylovlar demokratik tamoyillar asosida o'tmoqda. Hakamlar hay'atining ovozi bilan Messi g'alaba qozondi. Men Leoni birinchi o'ringa qo'ymadim. Mening ovozim Robert Levandovskiga berildi. Ammo shuni ayta olamanki, argentinalik ham mukofotga loyiq”, - deya “Watson.de” nashri Ferrening so'zlarini keltiradi.
Messi Levandovskini 33 ochkoga ortda qoldirdi. Ovoz berishda uchinchi o'rinni Jorjino egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228