Kanchelskisga «Navbahor» bilan bog'liq tahdid uyushtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

«Navbahor» klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis politsiyaga murojaat qilib, Moskva kafelaridan birida o'ziga nisbatan tahdid qilinganini ma'lum qildi.
Murabbiyning aytishicha, ushbu hodisa «Navbahor» klubi bilan bog'liq. Kanchelskis 2020 yilning oktyabr oyida jamoani tark etgan bo'lib, rossiyalik mutaxassis muddatidan avval shartnoma bekor qilingani uchun FIFAga murojaat qilgan va tashkilot «Navbahor» zimmasiga 1,6 mln evro miqdorida kompensatsiya undirish haqida qaror qabul chiqargan.
Kafeda o'tirgan Kanchelskisning yoniga yuziga tibbiy niqob taqib olgan 3 nafar erkak kelgan va ulardan biri mutaxassisdan "Siz rostdan ham O'zbekistonda ishlaganmisiz, u erdagi maoshingiz 80 ming dollarga teng bo'lganmi?", degan mazmunda so'ragan. Murabbiy buni tasdiqlagan.
Erkaklar esa unga sud orqali hech narsa ololmasligini, agar oladigan bo'lsa, uning oyog'ini sindirib, nogironga aylantirishini aytgan.

Bosh sahifaga
230