“Chelsi” hamon etakchisi bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara boshlamagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Londonning “Chelsi” klubi haligacha italiyalik yarimhimoyachi Jorjino bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni boshlamadi. Bu haqda futbolchining vakili Joau Santos malum qildi.
“Hozircha bu borada hech qanday aloqa yo'q. O'ylaymanki, klub bilan muzokaralar yaqin bir necha oy ichida boshlanishi kerak”, - dedi agent.
Yarimhimoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Italiyalik futbolchi 2018 yildan buyon “aristokratlar” a'zosi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Jorjino “Oltin to'p-2021” sovrini uchun kurashda uchinchi o'rinni egallagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227