“Nyukasl” MYu futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

“Manchester Yunayted”ning gollandiyalik yarimhimoyachisi Donni van de Bek boshqa ingliz jamoasiga o'tishi mumkin. “Todofichajes” nashrining xabar berishicha, “Nyukasl” yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan. Kelishuv yanvar oyida amalga oshishi mumkin.
Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichiga kelishgan. Taxminlarga ko'ra, kelishuv 20 million evroni tashkil qiladi.
Oldinroq gollandiyalik futbolchiga “Arsenal” va “Real” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Donni joriy mavsumda to'rtta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230