«Fiorentina» hujumchisi Krespo, Iguain va Ronalduning natijasiga yaqinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

«Fiorentina» klubi Italiya chempionatining 15-turi doirasida o'z maydonida "Sampdoriya"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Florentsiyaliklarning gollaridan biri hujumchi Dushan Vlaxovich hisobiga yozildi.
Vlaxovich Italiya chempionatida o'ynayotgan xorijlik futbolchilar orasida bir kalendar yilida kamida 29ta gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi.
Avvalroq bunday natijani Ernan Krespo (30 gol), Gonsalo Iguain (30) va Krishtianu Ronaldu (33) qayd etishgandi.
Eslatib o'tamiz, Vlaxovich 2018 yildan buyon "Fiorentina" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda A seriya doirasida 12ta gol muallifiga aylandi. Unga Evropaning top-klublari qiziqish bildirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281