Serxio Ramos PSJning navbatdagi o'yinida ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"PSJ"ning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos Frantsiya chempionatining 16-turida "Nitstsa"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi, deb xabar beradi "RMC Sport".
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi murabbiylar shtabi qarori bilan dam oladi, chunki yakshanba kuni u "Sent-Eten" bilan o'yinda (3:1) 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Joriy mavsumda 35 yoshli Ramos PSJ tarkibida bitta o'yin o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" - "Nitstsa" uchrashuvi 2 dekabr, Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257