"Barselona" "Man Siti"ni ko'ndirishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

“Barselona” ispaniyalik “Manchester Siti” hujumchisi Ferran Torres bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar beradi "Sport.es" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi Kataloniya klubiga o'tishga rozi bo'lgan. Biroq, endi "Barselona" "Manchester Siti" bilan kelishib olishi kerak, bu futbolchi uchun "shaharliklar" 50 dan 70 million evrogacha mablag' talab qilmoqda.
21 yoshli Torres joriy mavsumda “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 7 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270