«Yuventus» 3 yildan beri ilk marta bunday natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Italiya chempionatining 15-turi doirasida «Yuventus» safarda «Salernitana» klubi mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahsning 21-daqiqasida Paulo Dibala hisobni ochgan bo'lsa, 70-daqiqada Alvaro Morata yakuniy hisobni o'rnatdi.
Turinliklar 2019 yilning fevral oyidan buyon ilk marta mehmondagi ketma-ket ikkita uchrashuvda gol o'tkazmagan holda g'alaba qozonishdi. So'nggi marta bunday natija aynan Massimiliano Allegri boshqaruvida qo'lga kiritilgan edi. «Yuventus» avvalroq «Latsio» maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
«Keksa sinora» ayni paytda A seriya jadvalida 24 ochko bilan 7-pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277