«Atalanta» Gasperini bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

«Atalanta» bosh direktori Luka Perkassi jamoa bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan yangi shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. Kelishuv 2024 yilga qadar uzaytirildi va unda shartnomani yana bir yilga uzaytirish ehtimoli ko'zda tutiladi.
Italiyalik mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgandi.
«Shartnomani uzaytirish borasida murabbiy bilan yozda kelishuvga erishgandik. Bugun esa shartnomani rasmiylashtirish ishlarini yakunladik. Gasperini — bizning loyiha uchun to'g'ri mutaxassis», — dedi Perkassi.
Gasperini 2016 yildan buyon «Atalanta»ni boshqarib kelmoqda. Jamoa 63 yoshli mutaxassis qo'lostida A seriya autsayderidan Evropa chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga aylandi. Gasperini «Atalanta»ni 259ta o'yinda maydonga boshlab tushib, 136 g'alaba, 65 durang va 57 mag'lubiyat qayd etdi.
«Atalanta» joriy mavsumda 15ta o'yindan so'ng 31 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
256