Toshkent katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Matchroom Boxing" kompaniyasi Toshkentda o'tkaziladigan boks oqshomini rasman e'lon qildi.
Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov kelib chiqishi Kot D'Ivuarlik bo'lgan, Frantsiya sharafini himoya qiluvchi Mishel Soroga qarshi jang o'tkazadi.
Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida 1, Isroil Madrimov esa 2-o'rinni egallab turibdi. G'olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da'vogarga aylanadi.
Shou doirasida Shahram G'iyosov, Hasanboy Do'smatov, Bektemir Meliqo'ziev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro'zmetov kabi bokschilarimiz ringga ko'tarilishi kutilmoqda.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276